Toshkent mezbonlik qilayotgan yirik sport bayrami

Joriy yilning 28–30 mart kunlari poytaxtimizda sambo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan 400 nafarga yaqin iqtidorli sportchilar sambo, jangovar sambo hamda para-sambo yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyon etishmoqda.

Surxondaryo terma jamoasi safida Termiz davlat universiteti talabalari ham munosib ishtirok etib, yuksak natijalarni qo‘lga kiritishdi:
Eshpo‘latova Nodira — 80 kg vazn toifasida faxrli 1-o‘rin va oltin medal sohibasi!

Mamadaminov Foziljon — 82 kg vazn toifasida 2-o‘rin va kumush medal egasi!

Termiz davlat universiteti jamoasi sportchilarimizni samimiy tabriklaydi va ularga kelgusi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaydi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil