Unda dastlab Kengash raisi, universitet ilmiy salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida qayd etilgan ko‘rsatkichlar xususida to‘xtalib, universitet salohiyatini yuksaltirishda o‘z hissasini qo‘shgan professor-o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Va 5 nafar fan doktori, 32 nafar falsafa doktori, 1 nafar professor hamda 19 nafar dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan pedagoglarning diplom va attestatlarini topshirdi.
Ma’lumot o‘rnida ayni kunda Termiz davlat universitetning ilmiy salohiyati 52% tashkil etmoqda.
Yig‘ilishda shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritgan 11 nafar talabalarga guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.
Yakunda universitet Kengashi a’zolari va ishtirokchilar uchun fayzli dasturxon yozilib osh tortildi. Bir piyola choy ustida takliflar o‘rtaga tashlandi rejalar tuzildi.