Bugun TerDUda universitet Kengashining navbatdagi 9-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Dastlab Kengash raisi A. Toshqulov yig‘ilishni o‘tkazish uchun kvorum yetarli ekanligini ta’kidlab, Kengash a’zolarining tasdig‘idan o‘tkazdi. 

Shundan so‘ng "Termiz universiteti" gazetasining 2025-yil 29-dekabrdagi 18-19 (389-390)-sonida e’lon qilingan vakant ish o‘rinlari, jumladan, kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga ishlash uchun tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan professor-o‘qituvchilarning nomzodi elektron platforma orqali Kengash a’zolari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlandi.

E’tiborli jihati jarayonda tanlovga hujjat topshirgan professor-o‘qituvchilarning o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati ko‘rsatkichlari, shuningdek KPI natijalari xususida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Mazkur tanlov asosida jami 39 nafar professor-o‘qituvchilar ish o‘rniga ega bo‘lishdi. Jarayonlarni bevosita ularning o‘zlari ham kuzatgani Kengash a’zolariga ustozlarning zimmalaridagi vazifalar yana bir bor uqtirish imkonini berdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil