Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda talabalarga bojxona organlariga ishga kirish tartibi, talab va tanlov jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, bojxona xodimi bo‘lish uchun kishida zarur bilim, jismoniy tayyorgarlik, mas’uliyat va halollik kabi muhim jihatlar shakllangan bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida bojxona organlarining asosiy vazifalari, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar haqida ham tushuntirish berildi. Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.