Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan va texnologiyalar hamda madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro trening kursi” nufuzli hamkor — Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti rasmiy saytida keng yoritildi.

Ushbu e’tirof universitetimizning xalqaro ilmiy hamkorlikdagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini, shuningdek, madaniy merosni asrash va rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari yuksak baholanayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
TerDUning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borar ekan, bunday loyihalar ilm-fan va madaniyat rivojiga xizmat qiluvchi muhim ko‘prikka aylanmoqda.