Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida haqiqiy go‘zallik va latofat bayrami — “Sochi uzun sanamlar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir barchaga unutilmas lahzalar va yorqin taassurotlar ulashdi.
Tanlov davomida ishtirokchi talaba-qizlar ikki shart asosida o‘z mahoratlari, didi va iste’dodlarini namoyon etdilar.
Ushbu tanlov shunchaki musobaqa emas, balki qizlarimizning tabiiy go‘zalligi, milliy urf-odatlarimizga bo‘lgan hurmati hamda yuksak ichki madaniyatining yorqin ifodasiga aylandi.
Yakunida g‘oliblar va barcha faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.