Joriy yilning 24–31-mart kunlari Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida Ogʻir atletika sport turi bo‘yicha Kattalar va Yoshlar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada Termiz davlat universiteti talabalari munosib ishtirok etib, o‘z mahorati va kuchli irodasini yana bir bor namoyon etdilar.

Musobaqaning ikkinchi kuni yakunlariga ko‘ra sportchilarimiz quyidagi natijalarga erishdi:

Yigitlar:
Boboyev Samandar - dast koʻtarish mashqida 🥉bronza medal, siltab koʻtarish mashqida🥈kumush medal (60 kg vazn toifasi);
Ismatov Boburmirzo - dast koʻtarish mashqida🥈kumush medal, siltab koʻtarish mashqida🥈kumush medal (65 kg vazn toifasi);

🇺🇿 Sportchilarini ushbu g‘alabalar bilan tabriklaymiz va ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!
