“Rektor kubogi”

TerDUda “Rektor kubogi” sport  musobaqasining kurash bellashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi

Sovrin jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil etgan musobaqalarda 400 nafarga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etib, 7 ta vazn toifasida qizlar ham, yigitlar ham o‘z mahorati va matonatini namoyon etdi. Gilamda chinakam kurash, haqiqiy iroda va yuksak sport ruhi hukm surdi.

Ayniqsa, mutlaq vazndagi final bahslari murosasizligi va keskinligi bilan barchaning e’tiborini tortib, tomoshabinlarga hayajonli onlarni tuhfa etdi.

Musobaqani nufuzli mehmonlar kuzatib bordi. Xususan, Sport vaziri maslahatchisi Sh. Mo‘minjonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi X. Eshov, Surxondaryo viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i R. Mahmudov hamda universitet rektori A. Toshqulov taqdirlash marosimida ham ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarga mukofot va kubokni topshirdilar.

“Rektor kubogi” — bu nafaqat musobaqa, balki yoshlar kuchi, qat’iyati va g‘alabaga bo‘lgan cheksiz intilishining yorqin ifodasi bo‘ldi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil