Respublika komissiyasi ishchi guruhi Surxondaryoga tashrifining ilk kunida Termiz davlat universitetida bo‘ldi.

Unda O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi raisi Q. Quronbayev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari O. Xasanov, Sport vaziri maslahatchisi Sh. Mo‘minjonov, Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Sadullayev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi X. Eshov ishtirok etdi.

Tashrif doirasida “Rektor kubogi” sport musobaqalariga start berilib, uning jarayonlari bilan tanishildi. Shuningdek, universitetdagi ilmiy loyihalar, sun’iy intellekt asosidagi boshqaruv tizimi hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Talabalar startap loyihalarini taqdim etib, ayrimlari moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya qilindi. Yakunda ochiq muloqot o‘tkazilib, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 37

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil