Turkiya Respublikasi Hoji Bayram Vali universiteti professorlari TerDUda ma’ruza darslarini olib bormoqda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Ayni paytda Oʻzbek filologiyasi fakultetida Hoji Bayram Vali universiteti professorlari Zaynabidin Abdirashidov hamda Vali Savash Yelok talabalarga dars bermoqda.

Ular Adabiyotshunoslik: oʻzbek adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich magistrantlariga “Jadid adabiyoti tarixi” fanidan zamonaviy metodlar asosida saboq berib, sohadagi eng so‘nggi yangilik va yutuqlar bilan o‘rtoqlashmoqda.

Ma’ruzalar davomida talabalar nafaqat nazariy bilim, balki amaliy imkoniyatlar haqida ham muhim ma’lumotlarga ega bo‘lmoqda:
• grant va moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish
• ilmiy maqolalar yozish va chop etish
• xalqaro konferensiyalarda qatnashish
• xorijiy universitetlarda almashinuv dasturlari
• chet el amaliyotlarida ishtirok etish

Ma'lumot uchun: Anqara Hoji Bayram Vali universiteti xalqaro (QS World University Rankings) reytingida 700-901-o'rinda turadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 37

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil