Boysunda yangi imkoniyatlar o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimining topshiriqlariga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi olimlari va professor-o‘qituvchilari Boysun tumanida bo‘lib, hududning mavjud salohiyatini atroflicha o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida ishchi guruh tomonidan tabiiy resurslardan samarali foydalanish, aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan amaliy tahlillar olib borildi.

Shuningdek, mehnat faxriylari va nuroniylar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning hayotiy tajribasi, fikr va takliflari tinglandi. Muloqotlar davomida hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, ijtimoiy sohalarni yanada yaxshilash hamda turizm salohiyatidan keng foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Boysun tumanini kompleks rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qator amaliy takliflar ilgari surildi.

Mazkur o‘rganishlar hudud imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 37

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil