TerDU yana bir nufuzli xalqaro trening mezboni

2026-yil 23-mart kuni Termiz davlat universitetida “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan va texnologiyalar hamda madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro trening kursi” boshlandi.

Mazkur nufuzli tadbirda xorijiy va mahalliy akademiklar, yetakchi olimlar hamda yosh tadqiqotchilar jam bo‘ldi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ahmadali Asqarov, Shimoli-gʻarbiy universiteti professorlari Wang Jianxin va Ma Jian ishtirok etmoqda.

Trening davomida arxeobotanika, arxeozoologiya, antropologiya, raqamlashtirish va 3D modellashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy bilim va tajribalar almashilmoqda.

Shuningdek, ishtirokchilar Surxondaryo viloyatidagi arxeologik yodgorliklarda dala tadqiqotlarida ham qatnashadi.
Trening Termiz davlat universiteti va Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti hamkorligida tashkil etilgan.

Ushbu xalqaro platforma turli davlatlar olimlarini birlashtirib, ilmiy muloqotni rivojlantirish va yangi yo‘nalishlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 37

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil