Talabalar uchun muhim ilmiy tanishuv.

🫥 Bugun Termiz davlat universiteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi huzuridagi matnshunoslik va adabiy manbashunoslik mutaxassisligi  magistratura talabalari Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kutubxona fondi bilan yaqindan tanishdilar.

📖 Uchrashuv davomida talabalarga Markazning katta ilmiy xodimi Jo‘rabek Cho‘tmatov tomonidan kutubxona fondida saqlanayotgan noyob toshbosma hamda qadimiy qo‘lyozma asarlar, ularning ilmiy ahamiyati va bugungi kundagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar qo‘lyozmalarni saqlash, o‘rganish va tadqiq etish jarayonlari bilan ham yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan atroflicha javob oldilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 37

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil