M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti professori TerDUda ma’ruza darslarini olib bormoqda

🟢Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Ayni paytda Kimyo fakultetida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining yetuk professori Babayev Evgeniy talabalarga dars bermoqda.

🟢Professor 200 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, AQSh patentlariga ega bo‘lgan tajribali olim sifatida xalqaro ilmiy maydonda katta obro‘ga ega.

🟢U Kimyo yo‘nalishi 3-bosqich talabalariga “Getrosiklik birikmalar kimyosi” fanidan zamonaviy metodlar asosida saboq berib, sohadagi eng so‘nggi yangilik va yutuqlar bilan o‘rtoqlashmoqda.

Ma’ruzalar davomida talabalar nafaqat nazariy bilim, balki amaliy imkoniyatlar haqida ham muhim ma’lumotlarga ega bo‘lmoqda:

 • startap va innovatsion loyihalar yaratish

• grant va moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish

• ilmiy maqolalar yozish va chop etish

• xalqaro konferensiyalarda qatnashish

• xorijiy universitetlarda almashinuv dasturlari

• chet el amaliyotlarida ishtirok etish

Ma'lumot uchun: Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti xalqaro (QS World University Rankings) reytingida 105 o'rinda turadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 37

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil