Joriy yilning 16–17-mart kunlari Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada Termiz davlat universiteti talabalari munosib ishtirok etib, o‘z mahorati va kuchli irodasini yana bir bor namoyon etdilar.

Musobaqaning ikkinchi kuni yakunlariga ko‘ra sportchilarimiz quyidagi natijalarga erishdi:

✅Yigitlar:
🥇 Mamayusupov Iskandar (+100 kg) — 1-o‘rin, oltin medal;
🥉Mamadaminov Fozil (81 kg) — 3-o‘rin, bronza medal;
✅Qizlar:
🥈 Nazarova Dilbar (+78 kg) — 2-o‘rin, kumush medal;
🥉 Eshpo‘latova Nodira (78 kg) — 3-o‘rin, bronza medal;

Sportchilarini ushbu g‘alabalar bilan tabriklaymiz va ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!
