Termiz davlat universiteti “Fizikaviy kimyo” kafedrasi dotsenti Eshmurodov Xurshid Esanberdiyevich Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi" ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Mahalliy xomashyolar asosida kremniyorganik birikmalar olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Xurshid Esanberdiyevichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!