Kitob — tafakkur, bilim va ma’naviyat manbai!
Aynan shu ezgu g‘oya asosida Surxondaryo viloyatida “Viloyat hokimi sovrini” uchun “Kitobxon davlat xizmatchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlovning 1- va 2-bosqichlari Termiz davlat universitetida yuqori saviyada tashkil etilib, unda ishtirokchilar:
🔹 test sinovi orqali bilimini,
🔹 esse yozish orqali esa fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini namoyon etdilar.
Ushbu bosqichlar davomida kitobxonlik nafaqat bilim, balki tafakkur va dunyoqarash mezoni ekanini yana bir bor isbotladi.
Bugun esa eng kuchlilar bellashuvi — final bosqichi Surxondaryo teleradiokompaniyasida bo‘lib o‘tmoqda.
E’tiborlisi, tanlov jarayonlarida Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hakamlar hay’ati a’zolari sifatida faol ishtirok etib, adolat va shaffoflikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda.