TerDUda dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Termiz davlat universitetida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, Registrator ofisi menejerlari hamda O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari ishtirokida  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida bitiruvchilar bandligini ta’minlash, haq to‘lanadigan amaliyotni tashkil etish hamda “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida fakultetlar kesimida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, maxsus akkreditatsiyadan o'tish, o‘quv jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitish, masofaviy ta’limni tashkil etish, sayyor o‘quv mashg‘ulotlari va dual ta’lim tizimini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda Registrator ofisi faoliyati, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, malaka talablarini ishlab chiqish, fanlar kesimida Rektor olimpiadalarini o‘tkazish hamda mehnat yarmarkasini tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Bundan tashqari, respublikaning yetakchi OTMlari hamda zamonaviy korxona va tashkilotlarda kafedra o‘qituvchilarining malaka oshirishi va stajirovkasini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 37

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil