​"O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’limi va fani: hamkorlikning yangi ufqlari"

"O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’limi va fani: hamkorlikning yangi ufqlari" forumi doirasida o‘tkazilgan muzokaralar muhim amaliy natijalar bilan yakunlandi. Ushbu uchrashuvlar ikki qardosh davlat oliy ta’lim tizimlari o‘rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Forum davomida Termiz davlat universiteti bilan Tojikistonning jami 5 ta, jumladan Dang‘ara davlat universiteti, Texnologiya universiteti, Moliya-iqtisodiyot universiteti, Energetika instituti va Ko‘lob davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Imzolangan shartnomalar doirasida tomonlar mintaqaviy va hududiy rivojlanishni ta'minlashda qo'shma ilmiy loyihalar, ekspeditsion tadqiqot ishlarini birgalikda tashkil etish, o‘qituvchilar almashinuvi hamda ilmiy stajirovkalarni yo'lgan bo‘yicha bo'yicha aniq amaliy kelishuvlarga erishdilar.

Amalga oshirilgan muzokaralar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlab, mintaqaviy ilm-fan salohiyatini birlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Ushbu strategik sheriklik kelajakda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 37

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil