TerDU doktoranti xalqaro stajirovkada!

Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti Arxeologiya kafedrasi doktoranti Turdiyev Jasur Xitoyning Sian (Xi’an) shahrida joylashgan Shimoliy G‘arbiy universiteti (Northwest University) Madaniy meros maktabi taklifiga binoan xalqaro ilmiy-amaliy stajirovka o‘tamoqda.

Stajirovka “China Exchange Program for Young International (CEP)” granti doirasida 2026-yil 28-fevraldan 29-martgacha davom etadi.

Ilmiy faoliyat Sian (Xi’an) shahridagi “Xitoy – Markaziy Osiyo ‘Bir kamar, bir yo‘l’ qo‘shma inson va atrof-muhit laboratoriyasi”da olib borilib, unda qadimgi insonlar fiziologiyasi, suyak qoldiqlarining anatomik tahlili hamda paleopatologiya yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy bilim va tajriba boyitilmoqda.

Mazkur hamkorlik arxeologiya va bioantropologiya sohalarida xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 37

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil