"Yoshlar kuni"

Xabaringiz bor, o‘tgan hafta "Yoshlar kuni" munosabati bilan TerDUga tashrif buyurgan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov talabalar tomonidan taqdim etilgan startap loyihalar bilan tanishish chog‘ida mazkur biznes-rejalarni hayotga tadbiq etish bo‘yicha o‘z takliflarini bergan edi.

Shunga muvofiq, bugun talabalarimiz viloyat hokimi boshchiligidagi korxona va tashkilot mas’ullari hamda tadbirkorlik subyektlari rahbarlariga o‘z loyihalarini tanishtirib, xomashyo manbasidan tortib tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni taqdim etishdi. E’tiborli tomoni shundaki, talabalarimiz tomonidan taklif etilgan barcha biznes loyihalarga ishbilarmonlar tomonidan qiziqish bildirilib, ular hayotga tadbiq etiladigan bo‘ldi.

Viloyat hokimi 50 nafar ko‘ngilli talabalarimiz bilan ham uchrashib, Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharini uyushqoqlik bilan, yoshlarni keng jalb etgan holda tashkil etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 33

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 37

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil