“Yoshlar kuni”

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorligini rivojlantirish, maʼnaviy va huquqiy tarbiyasini mustahkamlash, ular bilan tizimli va manzilli muloqotni yoʻlga qoʻyish maqsadida haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan.

Shu munosabat bilan, bugun Surxondaryo viloyati prokurori B.Babadjanov ishtirokida viloyat prokuraturasida oliy taʼlim muassasalarining talaba yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Oliygohlardan 100 nafarga yaqin talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan ushbu uchrashuvda dastlab, ularga viloyat prokuraturasida tashkil etilgan “Surxondaryo viloyati prokuraturasi tarixi muzeyi”, “Maʼnaviyat burchagi”, “Maʼrifat xonasi” hamda kutubxona faoliyati tanishtirilib, viloyat prokuraturasining tarixiy rivojlanish bosqichlari, prokuratura faxriylari hamda qatagʻon qurboni boʻlgan xodimlar Ali Hamrabayev, Ali Yakushkin, Ashraf Baxodirov va Hakim Tuyaqovlar xotirasiga oid maʼlumotlar berildi.

Soʻngra, viloyat prokuraturasida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun qabulxonada yaratilgan sharoitlar (qabul jadvallari, kutish zali, onalar va bolalar xonasi va h.k.) hamda tarmoq faoliyati tanishtirilib, prokuratura organlari binolariga kirib-chiqish va axborot almashinuvi tartibi, jamoatchilik bilan aloqalar, huquqiy axborot xizmati hamda raqamlashtirish jarayonlari samaradorligi boʻyicha batafsil tushunchalar berildi.

Jarayonda yoshlarga viloyat prokuraturasining oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish, uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimlari tergovchilarining xizmat xonalari bilan tanishish, toʻgʻridan-toʻgʻri tergov amaliyotini kuzatish imkoniyati yaratilgani, shuningdek, yangi tashkil etilgan “Tergov poligoni”da hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish va boshqa tergovga qadar tekshirish jarayonlarini dasturiy taʼminotlar, axborot texnologiyalari hamda zamonaviy kriminalistika-texnika vositalaridan foydalangan holda amalga oshirish amaliyoti koʻrgazmali tarzda namoyish etilgani taʼkidlandi. Bu esa ularning bilim va malakasi hamda professional kasb koʻnikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🌐 Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 33

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 37

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil