“Kelajak tadbirkori”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli qarori ijrosi doirasida universitet Karyera markazi mas’ullari tashabbusi bilan bank-moliya muassasalari vakillari ishtirokida fakultetlarda “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida seminarlar tashkil etilmoqda.

Xususan, “O‘zmilliybank” xodimlari va Kimyo fakulteti bitiruvchi talabalari ishtirokida o‘tkazilgan seminarlar startap loyihalarini amalda tatbiq etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Seminar davomida:
Talabalarga o‘z biznes g‘oyalari bilan “Kelajak tadbirkori” markaziga murojaat qilish tartibi;
Bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan 4 turdagi kredit paketlari xususida batafsil ma’lumot berildi.

E’tiborli tomoni: Seminar bitiruvchilarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va kelajakdagi faoliyatida mustahkam qadam tashlashiga katta yordam berdi.

Ma’lumot o‘rnida: joriy yilning 12-fevral holatiga ko‘ra, universitetning 234 nafar talabasiga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun jami 4,1 mlrd (to‘rt milliard yuz million) so‘mlik moliyaviy ko‘mak berilgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 33

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 37

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil