Termiz davlat universiteti “Fakultetlararo chet tillari” kafedrasi o‘qituvchisi Qudiratov G'ayratjon Suyunovich Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashda “Turizm terminlarining lingvokulturologik tadqiqi (ingliz, o'zbek va litva tillari misolida” mavzusidagi "Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik" ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan G'ayratjon Suyunovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!