🟢 6-TTJda bayram bellashuvi
6-TTJda istiqomat qiluvchi Tarix fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida qiziqarli bellashuv o‘tkazilib, unda qizlar san’at, she’riyat hamda karving san’atidagi mahoratlarini namoyish etdilar.
🟢 Iqtisodiyot fakultetida bayram tabrigi
Talabalar fakultet ustoz ayollarini samimiy tarzda bayram bilan tabriklab, ularning ta’lim yo‘lidagi fidokorona mehnatini e’tirof etdilar.
🟢 “Hur o‘lkamning malikalari” tanlovi
Ijtimoiy fanlar fakultetida o‘tkazilgan tanlovda qizlar o‘z nazokati, zakovati, ijodkorligi hamda pazandalik mahoratini namoyish etdilar.
🟢 “Miss Yurist – 2026” tanlovining 1-bosqichi
Ishtirokchilar pazandalik sharti orqali o‘z mahoratini ko‘rsatib, turli salatlarni tayyorlashda ijodkorlik va didni namoyon etdilar.
🟢 “Balli qizlar” tanlovi
Fizika-matematika fakultetida o‘tkazilgan tanlovda faol talaba-qizlar o‘z bilim, ijodkorlik va sahna madaniyatini namoyish etdilar.
🟢 Bayramona ijodiy chiqishlar
Xorijiy filologiya hamda Tojik tili ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, qo‘shiqlar va raqslar bilan boy bayram tadbirlari tashkil etildi.
💐 Tadbirlar davomida ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtirom yana bir bor ifoda etilib, talaba-qizlarning faolligi va ijodkorligi namoyon bo‘ldi.