🌸 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan TerDU ayollariga ehtirom ko‘rsatildi

Shahrimizdagi Muhtasham tantanalar saroyida tashkil etilgan bayram tadbiriga universitetimizning olima professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari taklif etildi.

Tadbir avvalida rektorimiz barcha munis va mo‘tabar ayollarni samimiy muborakbod etib, ularning universitet nufuzini oshirishdagi fidokorona mehnatini alohida e’tirof etdi. Shuningdek, ayollarga ko‘rsatiladigan ehtirom jamiyat ravnaqi, baxtli oilalar va munosib avlod tarbiyasi uchun muhim omil ekanini ta’kidladi.

Bayramning badiiy dasturi ham yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Vohamizning el suygan san’atkorlari hamda poytaxtdan tashrif buyurgan zamonaviy estrada xonandasi Mashhurbek Raimjonovning chiqishlari barchani raqslarga chorladi.

Bayram dasturi nafaqat ayollarimizga, balki barcha ishtirokchilarga charchoqlarni chiqarish, kayfiyatni ko‘tarish, ijobiy quvvat olish imkonini berdi. Taomilga ko‘ra, tadbir yakunida bir martalik moddiy rag‘batlantirilgan ayollarimiz sovg‘a-salomlar bilan uylariga kuzatildi.

💐Barcha ayollarimizni yana bir bor bayram bilan muborakbod etamiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 33

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 37

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil