Ayni damda Pokistonlik Maaz Ahmad (DSc), Dotsent o‘zining boy ilmiy va pedagogik tajribasi bilan TerDU talabalariga ilhom ulashmoqda.

Maaz Ahmad o‘zining ilmiy izlanishlari bilan xalqaro akademik hamjamiyat e’tiborini qozongan. PhD ilmiy darajasini dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri – Xitoyning Wuhan universitetida muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Maaz Ahmad “Moliya asoslari” fani doirasida moliya va moliyaviy texnologiyalar, bank ishi, buxgalteriya, soliqlar va soliqqa tortish yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga o‘zining chuqur bilim va tajribasini ulashayapti.

Olim magistratura talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro nufuzli ilmiy jurnallar — Scopus bazasida indekslangan jurnallarda maqola yozish bo‘yicha amaliy bilim va muhim tavsiyalar bermoqda.

Xalqaro ilmiy tajriba, zamonaviy yondashuv va kuchli motivatsiya uyg‘unlashgan bunday uchrashuvlar yosh olimlarimiz uchun katta ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
.jpg)