⚖️ O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va respublika oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan hamkorlik memorandumlariga muvofiq oliy ta’lim tashkilotlarida "Bo'lajak sud xodimlari klubi" faoliyati tashkil etilgan.
🟢TerDUdagi klub rahbari I.Rahmatulloyev tashabbusi bilan Surxondaryo viloyat sudida "Ochiq eshiklar kuni" doirasida uchrashuv tashkil qilindi.
🟢Unda yuridik fakultet talabalari sud faoliyati, sud arxivi, fuqarolik va iqtisodiy sud jarayonlari bilan tanishishdi. Talabalar sud sohasiga oid o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob topishdi.