Zulfiyaxonim tavalludining 111 yilligi munosabati bilan TerUDda keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi

O‘zbek filologiya fakultetida o‘tkazilgan tadbirda Zulfiyaxonim hayotidan qiziqarli lavhalar, sahna ko‘rinishlari va raqslar guldastasi namoyish etildi. Talabalar tomonidan shoira ijodining mazmun-mohiyati, uning bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni atroflicha yoritildi. Tadbir talaba-qizlarni Zulfiyaxonimdek matonatli, irodali va fidoyi bo‘lishga da’vat etdi.

Yuridik  fakultetida sana munosabati bilan zakovat intellektual o‘yini tashkil qilinib, talabalarning shoira hayoti va ijodiga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Taomilga ko‘ra g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kimyo fakultetida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda shoira hayoti va serqirra ijodiy faoliyati haqida ma’ruzalar tinglandi. Tadbir yoshlar qalbida milliy adabiyotimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Iqtisodiyot fakultetida tashkil etilgan davra suhbatida  “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Matluba Saxiyeva ishtirok etdi. Uchrashuv davomida shoira ijodining o‘ziga xos jihatlari, ayollar qalbini ifodalashdagi mahorati hamda Zulfiya nomidagi mukofotning yosh qizlarni ilm-fan va ijodga ruhlantirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. 

Aytish kerakki, Zulfiyaxonim merosi – sadoqat, matonat va ma’naviy poklik timsoli sifatida yoshlar qalbida ezgulik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda davom etmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Paxtaoy”da yangi bunyodkorlik nafasi

  • 2026-09-15
  • 26

Bugun Termiz davlat universitetiga qarashli “Paxtaoy” maskanida ezgu niyatlar, samimiy suhbatlar va fayzli dasturxon atrofida tarix sahifalarida muxrlanadigan uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

ILMIY FAOLLIK - UNIVERSITETIMIZ TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI!

  • 2026-09-15
  • 35

Termiz davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarimizning xalqaro ilmiy maydondagi natijalari universitetimiz ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Batafsil

Bitiruvchilar bandligi — doimiy e’tiborda

  • 2026-09-14
  • 32

Rektor huzurida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlashga mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Batafsil