Termiz davlat universiteti: nazariya va amaliyot uyg‘unligi

Iqtisodiyot fakulteti talabalari Termiz shahridagi “Indenim Textile” korxonasida, Yuridik fakulteti talabalari esa Termiz shahar Adliya boshqarmasida sayyor amaliyot o‘tadilar.

Amaliyot davomida talabalar ishlab chiqarish va moliyaviy-xo‘jalik jarayonlari, boshqaruv va servis tizimi, shuningdek huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish, murojaatlar bilan ishlash hamda normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyoti bilan yaqindan tanishadilar.

Mutaxassislar tomonidan zamonaviy boshqaruv va axborot tizimlari, xizmat ko‘rsatish sifati hamda huquqni qo‘llash jarayonlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar beriladi.

Bunday sayyor mashg‘ulotlar talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda kelgusida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 41

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 34

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 38

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil