TERDU GANDBOLCHILARI POYTAXTDA ZAFARLI ODIMLARINI DAVOM ETTIRMOQDA!

🟢21–28-fevral kunlari poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” sport majmuasida erkaklar jamoalari o‘rtasida gandbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 1-davra uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Guruh bosqichi bahslarida ishtirok etayotgan Termiz davlat universiteti jamoasi ishonchli va yorqin o‘yin namoyish etmoqda!

📊 So‘nggi natijalar:
🟢 22-fevral: TerDU – Andijon 37:24
🟢 23-fevral: TerDU – Qo‘qon DPUI 37:23
🟢 27-fevral: TerDU – BuxDU 31:16

Jamoamiz ketma-ket uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritib, chempionlik sari dadil odimlamoqda!

Gandbolchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va keyingi uchrashuvlarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari yangicha formatda boshlandi

  • 2026-10-15
  • 22

Termiz davlat universitetida an’anaga aylangan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari bu yil yangicha formatda — rektorning birinchi bosqich talabalari bilan yuzma-yuz, ochiq va samimiy muloqotlari shaklida tashkil etilmoqda.

Batafsil

TerDUda xalqaro akkreditatsiya jarayoni davom etmoqda

  • 2026-10-15
  • 27

Ayni kunlarda Termiz davlat universitetida Germaniyaning ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti ekspertlari tomonidan ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni doirasida fakultetlarda

Batafsil

TerDU jamoasi hudud g‘olibi — respublika bosqichi ishtirokchisi!

  • 2026-10-14
  • 20

Termiz davlat universiteti talabalari “Kelajak o‘yinlari” doirasida tashkil etilgan PHYGITAL FOOTBALL respublika sport musobaqasining hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Batafsil