TerDUning katta majlislar zalida “Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash va biznes g‘oyalarini moliyalashtirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatimizdagi OTM bitiruvchilari talabalari hamda "Oʻzmilliybank" AJning respublika va viloyat vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda talabalar biznes loyihalari taqdimoti o‘tkazildi hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlash, biznes g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli moliyalashtirish, haq to‘lanadigan amaliyot va ishga joylashish bo‘yicha yangi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Yakunda ochiq muloqot va savol-javoblar tashkil etildi.