TerDUda “Yoshlar kuni” – energiya, ilhom va g‘alabalar kuni

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotda ilgari surilgan tashabbus – har payshanba “Yoshlar kuni”ni o‘tkazish an’anasi bugun Termiz davlat universitetida ham ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Bugun TerDU hududi – shunchaki ta’lim maskani emas, balki sport, ijod va shijoat maydoniga aylandi! Sport maydonlarida: Talabalar o‘rtasida futbol, voleybol va basketbol musobaqalari qizg‘in bahslar ostida davom etmoqda. Har bir o‘yin – bu jamoaviylik, iroda va g‘alabaga intilish demakdir.

Kechqurun esa haqiqiy bayram kayfiyati: Osh chempionati, Pazandalik tanlovi; Rang-barang shou dasturlar Bundan tashqari: Ijodiy ko‘rgazmalar, she’riyat kechalari, musiqiy chiqishlar va interaktiv viktorinalar ham tashkil etiladi. 

“Yoshlar kuni” – bu shunchaki tadbir emas. Bu – o‘zini namoyon qilish, yangi do‘stlar orttirish, g‘oya va tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish maydoni.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 41

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 34

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 38

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil