Sport vaziri Adkham Ikramov Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davomida Termiz davlat universitetida talabalar sportini rivojlantirish yo‘nalishida yaratilgan shart-sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi.
Universitet rektori Abduqodir Toshqulov bilan birgalikda ushbu oliygohdagi katta tennis maydonchasi, yengil atletika, og‘ir atletika, yakka kurash hamda yopiq sport zalida olib borilayotgan mashg‘ulotlarni kuzatdi.
Trener hamda sportchi talabalar bilan suhbat davomida ularning universitetda ta’lim olish jarayonlari hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilgan holda sport bilan shug‘ullanib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritishlari borasida samimiy muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Termiz davlat universitetida jamoaviy sport turlarini rivojlantirishga ko‘maklashish masalasida mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, Sport vaziri oliygohning ilmiy-tadqiqot labaratoriyasidagi ilmiy xodimlar faoliyatini ham ko‘zdan kechirib, ularning ilmiy izlanishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.