Rektorimiz kampusda yashil hududlarni kengaytirish, noyob daraxt ko‘chatlarini ekish, obodonlashtirish hamda qurilish va ta'mirlash jarayonlari bilan tanishdi.
Shuningdek, Axborot-resurs markazini tubdan jihozlab, jozibadorligini yanada oshirish, kitob fondini boyitish va o‘quv xonalaridan samarali foydalanish, shu bilan birga, Brayl kitobxonlari uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.