➡️Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetida talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, o‘zaro hamjihatlik va jamoaviylik muhitini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🟢Tadbir doirasida milliy taomimiz — osh tayyorlanib, talabalarning birdamligi va hamkorlikdagi faolligi namoyon bo‘ldi. Jarayon davomida milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhi yanada mustahkamlandi.
🟢Badiiy qismda talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, qiziqarli o‘yinlar tashkil qilindi. Samimiy va ko‘tarinki ruhdagi muhit barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.