TerDUda davra-suhbatlar tashkil etiladi

Termiz davlat universitetida xavfsiz va hurmatga asoslangan ta’lim muhitini yanada mustahkamlash maqsadida davra-suhbatlar tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirlar talaba-qizlarni shilqimlik, tegajoqlik va zo‘ravonlikdan himoya qilish, pedagog va xodimlarning huquqiy, psixologik hamda axloqiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan.

Tasdiqlangan grafik-reja asosida erkak pedagog xodimlar uchun mutaxassislar ishtirokida talaba-qizlar va ayollarga nisbatan shilqimlik, tegajoqlik hamda zo‘ravonlik holatlarining huquqiy oqibatlari bo‘yicha tushuntirish tadbirlari o‘tkaziladi.

Davra-suhbatlar davomida:

🟢amaldagi qonunchilik talablari va javobgarlik masalalari;

🟢pedagogning kasbiy etikasi va xizmat mas’uliyati;

🟢zo‘ravonlikning psixologik hamda ijtimoiy oqibatlari;

🟢profilaktika va murojaat mexanizmlari haqida atroflicha ma’lumot beriladi.

➡️Hurmat va xavfsizlik – sog‘lom ta’lim muhitining asosi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUga qarashli Darband o‘quv-amaliyot bazasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari jarayonidan fotoreportaj

  • 2026-04-03
  • 19

Termiz davlat universitetiga qarashli Darband o‘quv-amaliyot bazasida olib borilayotgan bunyodkorlik

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-04-03
  • 19

Termiz davlat universiteti “Geografiya" kafedrasi o‘qituvchisi Raxmatov Abduxoliq Farxodovich Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar

Batafsil

TerDU talabalari xalqaro olimpiadada munosib natija qayd etdi

  • 2026-04-03
  • 20

Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkazilgan VI Ochiq xalqaro matematika olimpiadasi (OMOUS–2026)da Termiz davlat universiteti talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Batafsil