Vatan qalblarda, nigohlarda yashaydi!

🟢Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida iste’dodli shoir, publitsist, tarjimon va mufassir Mirzo Kenjabek tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Vatan, qalblardasen, qarog‘lardasen!” nomli adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

🟢Mazkur tadbir nafaqat ijodiy uchrashuv, balki ma’naviy xotira va ehtirom oqshomi sifatida yuksak ruhda tashkil etildi. Unda adibning hayot yo‘li, serqirra ijodi, milliy tafakkur va ma’rifatni targ‘ib etishdagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Shoir qalamiga mansub she’rlardan namunalar talaba-yoshlar tomonidan ifodali tarzda o‘qilib, yig‘ilganlarga chuqur taassurot qoldirdi.

🟢Ayniqsa, buyuk muhaddis Abu Iso Muhammad Termiziy siymosiga bag‘ishlangan “Ona rizosi” she’rining sahnalashtirilishi kechaning eng ta’sirli onlaridan bo‘ldi. Ushbu sahna ko‘rinishi orqali nafaqat tarixiy shaxsga ehtirom, balki onaga bo‘lgan cheksiz hurmat va sadoqat g‘oyasi teran badiiy talqin etildi.

🟢Adabiy-badiiy kecha milliy qadriyatlarimiz, Vatanga muhabbat, ma’naviy poklik va ma’rifatparvarlik ruhini yana bir bor qalblarda jo‘sh urdirdi.

🟢 TerDUda bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlar qalbida so‘zga, she’riyatga va milliy merosimizga bo‘lgan muhabbatni yanada mustahkamlaydi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 41

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 34

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 38

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil