“Ekstremistik va radikal g‘oyalarning huquqiy xavfi”

Termiz davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida  “Ekstremistik va radikal g‘oyalarning huquqiy xavfi” mavzusida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid tadbir tashkil etildi. 

🟢Unda Surxondaryo viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi masʼul xodimi hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi bo’lim boshlig‘i ishtirok etib, talabalarga mavzuga oid batafsil ma’lumotlar hamda muhim tavsiyalar berishdi. 

🟢Mutaxassislar  radikal oqimlar yoshlarning ongini egallash uchun asosan ijtimoiy tarmoqlar, soxta diniy sahifalar va anonim kanallardan foydalanayotganini ta’kidlab, har qanday shubhali axborotga tanqidiy yondashish, ishonchli manbalarga tayanish va huquqiy savodxonlikni oshirish muhimligini qayd etdilar. 

🟢Shuningdek internet tarmog‘i orqali “Oson daromad” va’dasi bilan yoshlarni noqonuniy faoliyatga jalb qilish holatlari, bunday jinoyatlar uchun belgilangan javobgarlik choralari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
   
🟢Mutasaddilar, ichki ishlar xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokidagi mazkur tadbir yoshlarni ogoh bo‘lishga, sog‘lom turmush tarzini tanlashga hamda zararli oqimlarga qarshi hushyorlikni kuchaytirishga chorlovchi muhim ma’rifiy maydon bo‘lib xizmat qildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 41

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 34

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 38

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil