“Oʻzbekiston-Italiya rektorlari Ikkinchi forumi”da universitetimiz delegatsiyasi munosib ishtirok etmoqda.

Italiya poytaxti Rim shahrida joylashgan Roma Tre universitetida o’tkazilayotgan “Oʻzbekiston-Italiya rektorlari Ikkinchi forumi”da universitetimiz delegatsiyasi munosib ishtirok etmoqda. 

Xususan, Termiz davlat universiteti va G. d'Annunzio nomidagi Kieti-Peskara universitetlari rahbarlari o’rtasida memorandum imzolandi. Ushbu kelishuvga muvofiq endilikda qo’shma ta’lim dasturlari, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi yo’lga qo’yiladi. Shuningdek, Erasmus+ dasturi doirasidagi xalqaro va grant loyihalarida birgalikda ishtirok etish tashkil etiladi.

Ma’lumot o’rnida, Italiyaning Abrsusso viloyatidagi Kieti-Peskara universiteti 1965-yilda tashkil etilgan davlat universiteti bo'lib, tor ixtisoslikdagi sohalarda yuqori ilmiy natijalarga erishganligi bilan tanilgan. 2026-yilda THE reytingida 800-o'rinni egallagan ushbu universitetda jami 700 dan ortiq professor-o'qituvchilar 17,600 dan ortiq talabalarga ta’lim beradi. Oliygohda 35 ta bakalavriat, 28 ta magistratura, 17 ta doktorantura dasturlari taklif etiladi.

Shu kunning o'zida universitet rektori A.Toshqulov tomonidan "Crisci Management" Konsalting firmasi rahbari Gaetano Krishi bilan ham memorandum imzolandi. Ushbu bitimga asosan qo'shma startap loyihalar va innovatsiyaga asoslangan tadbirkorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, inkubatsiya, texnologiyalar transferi va tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, qo’shma tadqiqotlar va qo’shma dasturlarni yo’lga qo’yishda tashkiliy hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 41

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 34

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 38

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil