TerDU va Salento universiteti o‘rtasidagi hamkorlik chizgilari

Termiz davlat universiteti hamda Salento universiteti o‘rtasidagi strategik hamkorlik 2024-yildan boshlab izchil rivojlanib, bugungi kunda yanada kengaymoqda.

 Asosiy voqealar:
11.03.2024 — TerDU rektori A.Toshqulov Italiyaning Salento universiteti rahbari, professor Fabio Pollice boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy va arxeologik tadqiqotlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shu kuni hamkorlik memorandumi imzolandi.

16.09.2024 — Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida hamkorlik yanada kengaymoqda. O‘zbekiston–Italiya ta’lim forumida arxeobotanika va arxeozoologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura bosqichida “1+1” qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

25.09.2024 — O‘zbekiston–Italiya ta’lim forumida Italiyaning 25 ga yaqin universiteti va mamlakatimizning 40 dan ortiq yetakchi oliygohlari ishtirok etib, Termiz davlat universiteti va Salento universiteti rahbariyati bilan yana bir memorandum imzolandi.

Ayni damda Rim shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston–Italiya rektorlari ikkinchi forumi esa, hamkorlikning amaliy bosqichiga o‘tishini ta’minladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Vazir kubogi” g‘oliblari aniqlandi: sport bayrami yangi iqtidorlarni kashf etdi

  • 2026-04-23
  • 7

Termiz davlat universiteti mezbonligida talaba-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilgan “Vazir kubogi” sport musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. 

Batafsil

“Vazir kubogi” — ayollar futboli bahslari qizg‘in davom etmoqda!

  • 2026-04-23
  • 12

​​​​​​​Termiz davlat universiteti mezbonligida o‘tkazilayotgan talaba qizlar o‘rtasidagi nufuzli musobaqada respublikamizning 13 ta OTM jamoalari g‘oliblik uchun maydonga tushmoqda.

Batafsil

Termizda talaba yoshlar oʻrtasida “Vazir kubogi” futbol musobaqasi boshlandi

  • 2026-04-22
  • 32

22-aprel kuni Termiz davlat universitetida talaba yoshlar, xususan qizlar oʻrtasida futbol boʻyicha nufuzli “Vazir kubogi” musobaqasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Batafsil