TerDUda xalqaro seminar: Sun’iy intellekt – kelajak texnologiyasi

🟢Axborot texnologiyalari fakultetida koreyalik professor, Innovatsion rivojlanish agentligi maslahatchisi Kim Soon-Gohn ishtirokida “Sun’iy intellekt texnologiyalari va uni joriy qilish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

🟢70 nafardan ortiq yoshlar qatnashgan tadbirda AI ning global rivojlanish tendensiyalari, uni ta’lim va amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar innovatsion loyihalar yaratish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

🟢Seminar doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi targ‘iboti ham o‘tkazildi. Tanlov Ulug‘bek jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilayotgani ta’kidlandi.

🟢Seminar yoshlarning innovatsion tafakkurini rivojlantirish va global ilmiy hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 41

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 34

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 38

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil