TerDUda xotin-qizlar masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

🟢Termiz davlat universiteti rektori huzurida fakultetlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda dastlab tashkiliy masala ko‘rildi.

Shu kungacha universitet psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelgan Uzakova Nodira rektor buyrug‘iga asosan:

🟢Universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi,

🟢Universitet rektorining “Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi” lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.

🟢Shundan so‘ng yig‘ilishda talaba-qizlar bilan ishlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Jumladan:

🟢Talaba-qizlarda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish;

🟢Ularning kundalik hayotida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish;

🟢Talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash;

🟢O‘z sohasi bo‘yicha yetuk va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish.

✅Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalarni tizimli amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 41

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 34

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 38

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil