TerDUda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi

2026-yil fevral–mart oylarida oliy ta’lim muassasalarida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi — taraqqiyot poydevori” mavzularida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi tadbir Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori hamda viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar va talabalarga dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruza qildilar.

So‘zga chiqqanlar bugungi kunda yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularni hushyor va ogoh bo‘lishga chaqirish, qonunlarga hurmat va inson qadri eng oliy qadriyat ekanini ta’kidladilar.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 42

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 35

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 38

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil