Joriy yilning 11–14-fevral kunlari Farg‘ona viloyatida sportning sambo turi bo‘yicha kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti talabalari munosib ishtirok etmoqda.

Musobaqaning birinchi kuni natijalari TerDU sport maktabining salohiyati va irodasini yana bir bor namoyon etdi.

Eshpo‘latova Nodira – 80 kg vazn toifasida faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medal sohibasiga aylandi.
Qurbonov Akobir – 71 kg vazn toifasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, bronza medal bilan taqdirlandi.

Eng quvonarlisi, ushbu yuksak natijalar sabab sportchilarimiz O‘zbekiston terma jamoasi a’zoligiga qabul qilindi!
.jpg)
.jpg)