Ochiqlik va shaffoflik: o‘quv jarayonida korrupsiyaga o‘rin yo‘q!

Bugun universitetda Korrupsiyaga qarshi kurash komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i tomonidan Registrator ofisi hamda O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi farmon va qarorlari, xususan, 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun talablari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida universitetda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

📌 Shuningdek, Registrator ofisi va O‘quv-uslubiy boshqarma faoliyatida talabalarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarining shaffofligini oshirish, akademik jarayonlarda inson omilini qisqartirish, raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish hamda murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

✅Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini izchil davom ettirish, ochiq va shaffof boshqaruv tizimini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 42

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 34

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 38

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil