Respublika ishchi guruhi a’zolari TerDUda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimlaridan iborat Respublika ishchi guruhi a’zolari - X. Eshov, J. Musayev va S. Safoyev Surxondaryo viloyatida bo‘lib turishibdi.

Ishchi guruh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi: — PQ-1-sonli “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi; — PQ-2-sonli “Respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi doirasida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.

Termiz davlat universitetida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatdagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshliqlari, profilaktika inspektorlari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida o‘rganish natijalari atroflicha tahlil qilinib, belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 42

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 35

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 38

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil