TerDU olimlari in vitro texnologiyalar bo‘yicha stajirovkada

TerDU huzurida tashkil etilayotgan “O‘simliklarni mikroklonal ko‘paytirish” laboratoriyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida universitet professor-o‘qituvchisi va tayanch doktoranti “Buxara Varnet” MChJga qarashli in vitro laboratoriyasida stajirovka o‘tamoqda. 

Mazkur jarayonda Zoologiya kafedrasi dotsenti Abdulazizova Shoira hamda 1-bosqich tayanch doktoranti Ximmatov Navruz o‘simliklarni in vitro usulida yetishtirish va sifatli ko‘chatlar tayyorlash yo‘nalishida bilim va tajribalarini oshirib, mutaxassislar bilan birgalikda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqdalar.

Ushbu tashabbus shubhasiz Termiz davlat universitetida ilm-fan va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, ilmiy salohiyatni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 42

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 35

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 38

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil