ALISHER NAVOIY — MA’NAVIYATIMIZNING MANGU TIMSOLI 

🟢Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universitetida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

🟢 O‘zbek filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida “Yoshlar markazi”da adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Navoiyshunos olimlar tomonidan shoir ijodi haqida ilmiy ma’lumotlar berildi, talabalar esa “Xamsa” asari asosida sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.

🟢Axborot texnologiyalari fakultetida o‘tkazilgan tadbirda Alisher Navoiyning hayoti, ijodi va turkiy adabiyot taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida fikrlar bildirildi.

🟢 Kimyo fakultetida “So‘z mulkining boqiy sultoni — Mir Alisher Navoiy” mavzusida tadbir tashkil etilib, shoir asarlaridan namunalar o‘qildi, g‘azal va ruboiylar ijro etildi. Tadbir yakunida faol va yutuqlarga erishgan talabalar taqdirlandi.

🟢 Shuningdek, “Navoiy asarlari bilimdoni” nomli ma’naviy-ilmiy tadbir o‘tkazilib, faol ishtirok etgan talabalarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

🟢 Bu kabi tadbirlar yoshlar qalbida mumtoz adabiyotga mehr uyg‘otib, ularning ma’naviy kamolotiga xizmat qilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 42

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 35

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 38

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil