ALISHER NAVOIY — MA’NAVIYAT VA IJOD AHLI QALBLARINI BIRLASHTIRGAN BUYUK SIYMO 

9-fevral kuni buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan viloyat markazidagi Alisher Navoiy haykali poyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimligi, oliy ta’lim muassasalari, turli tashkilotlar vakillari bilan birga viloyat ijod ahli hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Marosim davomida Navoiyning g‘azallari va hikmatli satrlari yangrab, uning xalqimiz ma’naviy hayotidagi beqiyos o‘rni yana bir bor e’tirof etildi.

Tadbirda Termiz davlat universiteti rektori ham so‘zga chiqib, Alisher Navoiy ijodi va shaxsiyatining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Ushbu tadbir buyuk ajdodimiz xotirasini ulug‘lash, ijod ahli va yosh avlodni birlashtirishga xizmat qildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari yangicha formatda boshlandi

  • 2026-10-15
  • 50

Termiz davlat universitetida an’anaga aylangan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari bu yil yangicha formatda — rektorning birinchi bosqich talabalari bilan yuzma-yuz, ochiq va samimiy muloqotlari shaklida tashkil etilmoqda.

Batafsil

TerDUda xalqaro akkreditatsiya jarayoni davom etmoqda

  • 2026-10-15
  • 56

Ayni kunlarda Termiz davlat universitetida Germaniyaning ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti ekspertlari tomonidan ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni doirasida fakultetlarda

Batafsil

TerDU jamoasi hudud g‘olibi — respublika bosqichi ishtirokchisi!

  • 2026-10-14
  • 49

Termiz davlat universiteti talabalari “Kelajak o‘yinlari” doirasida tashkil etilgan PHYGITAL FOOTBALL respublika sport musobaqasining hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Batafsil